Aleksandr Lukaşenkoning prezidentlik saylovidagi raqibi Viktor Babariko ertalabdan beri aloqaga çiqmayapti, deb xabar qildi uning ştabi.

Babariko saylovoldi ştabiga boşçilik qilayotgan öğli Eduard bilan töplangan imzolarning navbatdagi qismini topşirgani ketgan. Şundan keyin ular aloqaga çiqmagan.

Ştabning ma'lum qilişiça, Babariko 425 mingta imzo töplaşga muvaffaq bölgan. Avvalroq uning saylov jamğarmasi hisob raqami yopib qöyilgani ma'lum bölgandi.

Belarus teleyangiliklar agentligining Telegram-kanali Babariko va öğli davlat nazorati qömitasining moliyaviy suriştiruv departamentiga olib ketilgani töğrisida xabar qilgan.

Babariko ilgari Belgazprombankni boşqargan. U lavozimini tark etib, prezidentlik saylovida iştirok etişini e'lon qilganidan söng oradan bir oy ötgaç, bankda tintuvlar ötkazildi va bir neçta hisbga olişlar amalga oşirildi.

Avvalroq muxolifatçi bloger Sergey Tixanovskiyning rafiqasi Svetlana Belarus prezidentligiga nomzodini röyxatdan ötkaziş uçun ariza berişdan voz keçişga tayyorligini aytgandi.

Undan taşqari, tadbirkor Natalya Kisel Belarus prezidenti saylovidan nomzodini olib taşlaşga qaror qilgandi.