«Sönggi paytda şahrimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni oşib bormoqda. Natijada bugungi kunda «Malika» savdo majmuasi, Yunusobod dehqon bozori va Uçtepa tumanidagi «Örikzor» savdo kompleksi faoliyati töxtatildi.
Bundan taşqari, şahrimizning 71ta mahallasi epidemiologik nuqtayi nazardan «qizil» hududga kiritilib, u yerlarda koronavirusga qarşi respublika maxsus komissiyasi bayonnomasi bilan belgilangan çoralar qöllaniladi. Mazkur mahallalarga kiriş va çiqiş joylari yopiladi va statsionar postlar örnatilib, u yerda Toşkent şahar IIBB xodimlari, Milliy gvardiya xizmatçilari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xodimlari navbatçilik qilişadi. Mahallalar hududlarida sutkalik navbatçilik taşkil qilinadi va qat'iy nazorat örnatiladi. Eslatib ötamiz, «qizil» hududda yaşovçi fuqarolarga uydan faqat oziq-ovqat va dori mahsulotlarini xarid qiliş uçun çiqiş mumkin. Şu bilan birga albatta tibbiy niqob taqiş zarur.
Barçamiz holatning jiddiyligini anglab, sanitariya-epidemiologiya qoidalariga mas'uliyat bilan yondaşişimiz kerak. Öz soğliğingizni va yaqinlaringizning salomatliklarini xavf ostiga qöymang. Oddiy niqob ham virus taşuvçi va atrofdagilar orasida yaxşi tösiq vazifasini ötaşini unutmang. Qöllaringiz bilan yuzingizga tegmang. Ijtimoiy masofani saqlang. Jamoat joylarida va bozorlarda rastalarga, suyançiqlarga va boşqa sathlarga qölingizni tekkizmang. Ijtimoiy masofani saqlang. Özingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling, salomat böling», deyiladi xabarda.
Epidemiologik xavf böyiça «qizil» toifaga kiritilgan Toşkent mahallalari (tumanlar böyiça) röyxati:
Mirobod tumani: «Fayzobod»;
Mirzo-Uluğbek tumani: X. Abdullayev nomidagi, «Oqqörğon», «Avayxon», «Yangi Avayxon», «Şörtepa»;
Yunusobod tumani: «Tiklaniş», «Turkiston», «Xalkaboğ», «Iftixor», «Nurmakon», «Oqtepa», «Şarq haqiqati», «Sobirobod»;
Yaşnobod tumani: «Köksaroy», «Qöyliqobod», «Gözal», «Maşinasozlar», «Tong», «Katta-Qöylik», «Örta Masjid»;
Uçtepa tumani: «Boğiston», «Nişabarik», «Degrez», «Takaçi», «Xayratiy», «Örikzor», «Körkamobod»;
Yakkasaroy tumani:













