O‘zbekiston | 10:16 / 18.06.2020
29320
1 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining mudiri tayinlandi.

Foto: AFP

Hukumat qarorida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 22 yanvardagi PQ-4569 hamda 2020 yil 12 maydagi PQ-4710-son qarorlariga asosan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi va apparati tarkibiy bo‘linmalari tuzilmalari hamda shtat jadvali yangidan tasdiqlangan.

Hujjatga ko‘ra, Sherzod Abdusamatovich Obidov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

2020 yil 17 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov  bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Mavzuga oid