Iyun-iyul oylarida Janubiy Koreyaning “Asiana Airlines” aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida bir nechta reyslar rejalashtirilmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norovning xabar berishicha, parvozlar quyidagi kunlarda rejalashtirilgan:
29 iyun – Inchxon – Toshkent – Inchxon
6 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon
13 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon
20 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon
27 iyul – Inchxon – Toshkent – Inchxon
Mazkur reyslarga D-2 va D-4 (talaba) vizasi va E-9 (ishchi) vizasiga ega bo‘lganlar ham chiqishi mumkin.
O‘zbekistondan Koreya Respublikasiga borish uchun alohida ruxsatnoma talab etilmaydi.
Mazkur amalga oshiriladigan reyslar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ruxsat berilgan bo‘lib, Koreyadan O‘zbekistonga qaytganlar fuqarolar 14 kunlik karantinga olinmaydi.











