Belarus prezidentligiga da'vogarlik qilayotgan Viktor Babarikoga nisbatan Belgazprombank işi doirasida ayblov e'lon qilindi. Bu haqda siyosatçining advokati Dmitriy Layevskiy ma'lum qildi.

"Bugun Viktor Dmitriyeviç bilan uçraşdik, unga nisbatan ayblov e'lon qilingan. Qaysi modda bilan ekanligini aytişim mumkin emas. Viktor Dmitriyeviç öz huquqi, qaraşlari va pok nomini himoya qiliş niyatida", — dedi Layevskiy.

U şuningdek, himoya tomoni Babarikoning hibsga olinişi ustidan şikoyat qilganligi, ammo hozirça bu böyiça sud bölib ötmaganligini aytdi.

Layevskiy siyosatçining öğli Eduard bilan boşqa ikki advokat uçraşganini ma'lum qildi.

"Hozirça batafsil ma'lumotga ega emasman, lekin Eduard ham soğ-salomat ekanligini bilaman", — deb qöşib qöydi advokat.

Avvalroq Belarus teleyangiliklar agentligining Telegram-kanali Babariko va öğli davlat nazorati qömitasining moliyaviy suriştiruv departamentiga olib ketilgani töğrisida xabar qilgandi.

Babariko ilgari Belgazprombankni boşqargan. U lavozimini tark etib, prezidentlik saylovida iştirok etişini e'lon qilganidan söng oradan bir oy ötgaç, bankda tintuvlar ötkazildi va bir neçta hisbga olişlar amalga oşirildi.