“Bahor” davlat raqs ansambli davlat muassasasi direktori tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Qobul Sobirjonoviç Yöldoşev Madaniyat vazirligi huzuridagi Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli davlat muassasasi direktori lavozimini egalladi.

Q. Yöldoşev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi direktori örinbosari lavozimida işlagan.

Şuningdek, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq artisti Ziyoda Madrahimova “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari etib tayinlandi

Z. Madrahimova Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblida 1972-1993 yillarda balet artisti sifatida faoliyat körsatgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyi boşida Özbekiston prezidenti “Milliy raqs san'atini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Madaniyat vazirligi, Kompozitorlar va bastakorlar uyuşmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi kengaşining Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi şaklida “Mukarrama Turğunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” faoliyatini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Davlat raqs ansamblining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Özbekistonda raqs san'atini yanada rivojlantiriş, bu borada şakllangan ijodiy maktablarga xos an'analarni, mohir baletmeysterlar, balet artistlari merosini tiklaş;

milliy raqs san'atining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratiş;

xalqimiz, xususan, yoş avlodni milliy raqs san'ati haqidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan keng taniştiriş orqali ularning qalbi va ongida milliy özlikni anglaş, ajdodlar merosiga hurmat tuyğusini, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş;

raqs va xoreografiya san'ati sohasida kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etişda iştirok etiş, iste'dodli yoş baletmeysterlarning samarali faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş;