Respublika bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etdi
Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 4,0 foizga kamaydi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 11,9 trln so‘mni (o‘sish sur'ati 11,4 foiz), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 60,3 trln so‘mni (6,6 foizga kamaydi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 4,5 trln so‘mni (28,9 foizga kamaydi) tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-may oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 72,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 96,0 foizni tashkil etdi.
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida barcha viloyatlarda kamayish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga 83,4 foiz va yirik korxonalar hissasiga 16,6 foiz to‘g‘ri keldi.
Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,3 foiz ulush bilan 15,3 trln so‘mni tashkil etdi. Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 2,0 foiz ulush bilan 1,4 trln so‘mni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-may oylari yakuniga ko‘ra, 60,3 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-may oylariga nisbatan 6,6 foizga kamaygan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 83,4 foizni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

15:29 / 05.04.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi

16:11 / 27.03.2025
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha dunyoda 64-o‘rinni egalladi

21:58 / 25.03.2025
O‘zbekiston brendi dunyo davlatlari orasida 55-o‘rinda qayd etildi

16:53 / 24.03.2025