Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgi Haj ibodatida qancha ziyoratchi ishtirok etishi ma'lum qilindi
Haj-2020 mavsumida Makka va Madina shaharlarida 10 mingdan ortiq ziyoratchi ishtirok etishi ma'lum qilindi
Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Muhammad Solih bu yilgi haj mavsumida 10 mingdan ortiq ziyoratchi qatnasha olishi mumkinligini ma'lum qildi. «Haj-2020 mavsumida Makka va Madina shaharlari 10 mingdan ortiq ziyoratchini qabul qila oladi», degan vazir.
Shuningdek, u 2020 yilgi haj ziyoratchilari soni juda cheklangan bo‘lishiga oydinlik kiritgan.
«Bu yil ziyoratchilar soni juda cheklangan bo‘ladi va o‘n mingdan oshmasligi kerak. Bu ichki haj hisoblanib, chet eldan kelgan ziyoratchilar qabul qilinmaydi», degan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Muhammad Solih.
Haj ziyoratchilarining barchasi koronavirus uchun test topshiradi va haj amallari tugagandan so‘ng, 14 kun karantinga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni Haj ishlari vazirligi tomonidan bu yilgi Haj ibodati faqat Saudiya aholisidan iborat ziyoratchilar ishtirokida 28 iyuldan 2 avgustgacha bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
23:09 / 15.04.2026
Saudiya Arabistonida Haj mavsumiga tayyorgarlik boshlandi. Nimalarni bilish kerak?
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
18:59 / 30.01.2026
Umra ziyoratiga borish necha pulga tushadi va narx nimaga bog‘liq?
12:05 / 27.01.2026