Xitoy hukumati mamlakatning dollardagi tölov tizimlaridan uzilişiga jiddiy tayyorlanişi lozim. Bu haqda Xitoyning qimmatbaho qoğozlar nazorati qömitasi raisi örinbosari Fan Sinxay aytib ötgan.
Sinxayning ta'kidlaşiça, Xitoy SWIFT va CHIPS tizimlaridan uziliş uçun nafaqat ruhan, balki jiddiy tayyorlanişi lozim. Uning aytişiça, dollardagi tölov tizimlariga boğliqlik Xitoyni Vaşington sanksiyalari oldida zaif qiladi.
Amaldorning aytişiça, kelgusida AQŞ dollarini qadrsizlaniş kutmoqda va bu xorijda nomoliyaviy investitsiyalar körinişida 2 trln dollarga ega Xitoyga juda salbiy ta'sir körsatadi.
Taşqi moliyaviy bosimni kompensatsiyalaş uçun Xitoy öz milliy valutasi – yuanning “xalqarolaşuvi” bilan şuğullanmoği lozim.
“Agar bizning xorijdagi aktivlar yuanda bölganda, heç qanday xavotir bölmasdi”, deb tuşuntirgan Sinxay.












