Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligida oilaviy ajrimlarni kamaytiriş masalasida davlat va nodavlat-notijorat taşkilotlari hamkorligini oşiriş masalasida amaliy anjuman bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Anjumanda iştirok etgan Oliy sud raisi örinbosari – Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi Xolmömin Yodgorovning fikriça, oilaviy ajrimlarning yuzaga kelayotgani sabablaridan biri – yoşlarning bir-biri haqida yetarliça ma'lumotga ega emasligidir.

Foto: Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati

«Ilgari ota-bobolar avval non sindirgan, bir-biriga hayitlik jönatgan, töydan avval 1-2 yil kutgan. Bu orada yigit va qiz bir-biri bilan uçraşgan, bir-birini örgangan. Hozir esa 20 kun içida töy qilib yuborişyapti. Yoşlar bir-birining fe'l-atvori haqida yetarli ma'lumotga ega emas. Keyinçalik oilada kelişmovçilik yuzaga kelib, ajrim bölişining sabablaridan biri ham şu. Bunga e'tibor qaratiş kerak.

Qonunçilikda nikohga kiriş uçun ariza bergandan keyin 1 oydan keyin röyxatdan ötkaziladi. Bu muddatni 6 oyga özgartirişga ham roziman. Heç bölmaganda, 3 oyga uzaytiriş kerak.

Bu orada yoşlar bir-biri bilan gaplaşsin, örgansin. Agar fe'l-atvori töğri kelmasa, öşa paytning özida, nikohga kirmasdan turib ajraşib ketsin», dedi Oliy sud sudyasi.

Foto: Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, ötgan yili Özbekistonda ayollar uçun nikoh yoşi 17 yoşdan 18 yoşga oşirilib, erkaklar uçun belgilangan me'yorga tenglaştirilgan edi.