O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalib chiqqanlar soni 4900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda yana 36 nafar bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lgani va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 4913 nafarga yetgani haqida xabar berdi.
Bugun Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 9 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 20 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.
Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4638 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2773 nafari sog‘aydi.
Shu tariqa, hozirgi soatgacha mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4913 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024