Islandiyaning amaldagi prezidenti Gudni Yoxannesson mamlakatda 27 iyunda ötgan navbatdagi prezident saylovlarida ğalaba qozondi. U saylovçilarning 92,2 foiz ovozini töplagan. 

Iceland Monitor naşrining xabar berişiça, Yoxannessonning raqibi Gyurmundur Franklin Yonssonga 7,8 foiz saylovçilar ovoz bergan. 

1968 yil Reyk'yavikda tuğilgan Yoxannesson 2016 yilda mamlakat mustaqillikka erişgan 1944 yildan beri uning eng yoş prezidentiga aylangandi.

Yoxannesson saylovlar natijalaridan mamnuniyat bildirgan. Uning ta'kidlaşiça, saylovçilar unga oxirgi 4 yil prezidentligi vaqtida amalga oşirgan rolni bajariş uçun yana vakolat taqdim qilişdi.

Uning raqibi, Islandiya Öng-yaşil partiyasi asosçisi Gudmundur Franklin Yonsson mağlubiyatini tan olib, Yoxannessonni ğalaba bilan tabriklagan. “Men Gudnini va uning oilasini tabrklayman”, deb aytgan Yonsson.

Islandiyada prezident asosan vakillik vazifalarini bajarişiga qaramay, u mamlakatdagi jarayonlarga ta'sir qiliş uçun ba'zi dastaklarga ega hisoblanadi. Jumladan, u mahalliy parlament – Alting tomonidan qabul qilingan qonunlarga taqiqlov qöya oladi, referendumlar taşkil etişi mumkin. Şuningdek, Islandiya prezidentida moliyaviy vakolatlar ham mavjud bölib, budjet uning ma'qullovidan ötişi şart.