Eron sud hokimiyati Interpoldan Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun AQŞ prezidenti Donald Trampni xalqaro qidiruvga berişni talab qilmoqda. Bu haqda Mehr agentligi xabar berdi.
"Qosim Sulaymoniyni öldirişga tayyorgarlik körişda iştirok etgan va bu masala bilan şuğullangan 36 kişi aniqlandi. Ular orasida AQŞ va boşqa davlatlarning siyosiy va harbiy arboblari bor", - deya Tehron prokurori Ali Mehrdan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Uning sözlariga köra, sud organlari ularni javobgarlikka tortiş hamda Interpol orqali qidiruv e'lon qiliş töğrisida qaror qabul qilgan.
Ali Mehrning qöşimça qilişiça, bu şaxslar "qotillik" va "terrorizm"da ayblanmoqda, "Röyxat boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp turibdi".
Eslatib ötamiz, Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bağdodda AQŞ harbiylari ötkazgan operatsiya natijasida öldirilgandi.










