«Bu böyiça mahallalarda yurib, işsiz yoşlarni belgilab olganmiz. Bizda 31 402 nafar işsiz yoşlar bor. Viloyat, tuman va şahar kengaşlari deputatlari oldida rejalar tuzib, bu rejalarimizni sektorlar rahbarlari bilan birgalikda tasdiqlab olganmiz va bugun şu yoşlarimizning 68 foizini iş bilan ta'minladik.

Pandemiya munosabati bilan yana bir masala çiqdi: çet mamlakatda yurgan yoşlarimiz qaytib kelişdi. Viloyat böyiça 4851 nafar yoşlarimiz qaytib kelişdi. Biz bu yoşlarning ham hammasining hisobini olganmiz va ularni iş bilan ta'minlayapmiz. Mana, hozir 64 foizi iş bilan ta'minlangan.

Faxriddin Matkarimov

Oldimizda 11 700 nafardan köproq yoşlarni iş bilan ta'minlaş böyiça rejalarimiz bor. Yil oxirigaça bu rejalar ijroçi ta'minlanadi.

Qolaversa, bitiruvçi yoşlarimiz bor. Maktablar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalarini bitiradigan 51 mingdan köproq yoşlarimiz bor. Hisob qiladigan bölsak, oliy ta'lim muassasalariga bu yil 12 mingdan ziyodroq yoşlarimiz öqişga kirişadi.

Hozir 42 ming bitiruvçi yoşlarimizni iş bilan ta'minlaşimiz kerak. Bu böyiça vazirliklar, özimizdagi boşqarmalar, iqtisodiyot va tadbirkorlik böyiça komplekslar bilan birgalikda öz rejamizni tuzyapmiz. Şu rejalarimizning ijrosini ta'minlab, şu bolalarni ham işga joylaş çorasini köramiz.

Namangan tajribasi sifatida, viloyat böyiça sektorlar kesimida kambağallikdan çiqarişning «temir daftari»ni yuritdik va maktablar, kollejlar, oliy ta'lim muassasalari kesimida, mahallalar kesimida «temir daftar»lar yuritib, har bir bolani manzilli nazoratga olib, ularni iş bilan ta'minlaş çorasini qilamiz», – dedi Faxriddin Matkarimov.