Rivojlanişning yangi bosqiçiga ötgan «Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat banki «uzB++» darajadagi «Barqaror» reytingini oldi. 

«Turkiston» xususiy aksiyadorlik tijorat banki 1998 yil taşkil topgan bölib, 22 yildan ortiq vaqt davomida bank xizmatlari bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. «Turkiston» banki öz faoliyati davridagi boy tajriba hamda jahon bank amaliyotida tan olingan, bank biznesini yuritişning eng zamonaviy usullari va texnologiyalaridan imkon qadar samarali foydalanişni yaratib beruvçi öz taraqqiyot strategiyasiga ega.

Hozirgi kunda bankning boş ofisi, 2ta filiali, 3ta bank xizmatlari markazida va 2ta mini-bankida mijozlarga barça turdagi sifatli va tezkor bank xizmatlari körsatib kelinmoqda. Bankning mijozlari soni 25 mingdan ortiq bölib, ularning 18 mingga yaqini jismoniy şaxslar, 2,3 mingga yaqini korxona va taşkilotlar hamda 1,7 mingga yaqini xususiy tadbirkorlardir.

«Turkiston» banki Özbekistonda birinçi bölib elektron pullar emitentiga aylandi. Hozirgi vaqtda bank barça asosiy va sifat körsatkiçlari böyiça ijobiy ösişga ega. Bankning yangilangan strategiyasi yuqori kapitalizatsiyani va ayni paytda işonçlilik va barqarorlikni nazarda tutadi. Bank yuqori darajadagi joriy likvidlilikka, aktivlarning izçil ösişi va ularni qoplaşning barqaror manbalariga ega. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarning barçasi «Standard&Poor's» xalqaro reyting kompaniyasi tomonidan baholangan.

Bankning eng asosiy tamoyili – mijozlarga yuqori darajadagi servis körsatiş va hamkorlar bilan özaro manfaatli şerikçilik örnatiş. Yana bir e'tiborli tarafi şundan iboratki, şu kunlarda bank xorijning axborot texnologiya sohasida yetakçi kompaniyalari bilan zamonaviy avtomatlaştirilgan bank tizimini yölga qöyiş işlarini yakuniga yetkazdi. Bu öz navbatida bir qança, onlayn mahsulotlarni taqdim etişga platforma yaratadi, şu qatorda yangi mobil ilova va yana köplab yangi mahsulotlar ham yaratiladi. 

Şuningdek, bank özining yangi va zamonaviy interaktiv veb saytini işga tuşirdi. Jozibador körinişga ega bankning yangi sayti bir qator qulayliklarga ega. Unda jismoniy va yuridik şaxslarga xizmat körsatişga yangiça yondaşilgan. Bir qator bank mahsulotlariga sayt orqali onlayn buyurtma bersa böladi. Bu pandemiya şaroitida mijozlar uçun yaxşi qulaylikdir. Xozirgi kunda sayt sinov rejimida işlamoqda iyul oyida barça funksiyalari töliq işga tuşirilişi rejalaştirilgan.