Prezidentning 22.06.2020 yildagi «Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalardan va xalqaro taşkilotlarga a'zolikdan kelib çiqadigan majburiyatlarini bajariş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4756-son qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozişiça, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1. Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari va xalqaro taşkilotlarga a'zolik böyiça majburiyatlarini bajarişga mas'ul davlat organlari va boşqa taşkilotlar röyxati.
Unda quyidagilar körsatilgan:
badallarni tölovçilar – davlat organlari va boşqa taşkilotlar;
badallarni oluvçilar – xalqaro taşkilotlar;
badallarni tölaş majburiyatlari kelib çiqadigan xalqaro şartnomalar;
moliyalaştiriş manbalari – respublika Davlat budjeti mablağlari, budjetdan taşqari jamğarmalar mablağlari hamda tölovçilarning şaxsiy mablağlari.
2. Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari va xalqaro taşkilotlarga a'zolik böyiça majburiyatlaridan kelib çiqadigan badallarni tölaş tartibi töğrisidagi nizom.
Mazkur holatda butun jarayon 8 bosqiçdan iborat böladi.
1 – Röyxatda körsatilgan tölovçilar tölov hujjatlarini (invoys) yoki xalqaro taşkilotning keyingi yilga rejalaştirilgan badal summasi töğrisidagi rasmiy xabarnomasini olişi lozim. Uşbu ma'lumot 1 iyunga qadar Moliya vazirligiga taqdim etiladi. Tölov hujjati (invoys) yoki rasmiy xabarnoma mavjud bölmasa, – oldingi yillarda haqiqatda tölangan badallar summasi olinadi;
2 – Moliya vazirligi Davlat budjetini şakllantiriş doirasida:
badallarni tölaşning umumiy hajmini (AQŞ dollariga ekvivalentda) şakllantiradi;
kelgusi yilda oşiş ehtimolini hisobga olgan holda, badallarni tölaş uçun zarur bölgan mablağlarni har yili Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutadi;












