Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy ko‘rsatmalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Uslubiy ko‘rsatmalar xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish, ekspertlar darajasida puxta ishlab chiqish, shuningdek, ular matnlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlashda davlat organi:

xalqaro shartnoma tuzish orqali tartibga solishni talab qiladigan muammo yoki masalalar chindan ham mavjudligini aniqlashi;

O‘zbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomani tuzish maqsadga muvofiqligi va amaliy ahamiyatini aniqlashi tegishli sohada huquqiy tartibga solishning amaldagi holatini tahlili qilishi (O‘zbekiston Respublikasining amaldagi xalqaro shartnomalarini va milliy qonun hujjatlarini o‘rganishi);

xalqaro shartnoma tuzish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy-iqtisodiy yoki boshqa oqibatlarni aniqlashi;

xalqaro shartnoma loyihasi qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi milliy qonun hujjatlari normalari va xalqaro shartnomalariga muvofiqligini aniqlashi;

boshqa xalqaro shartnomalarning qaysi qoidalari o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki yangi xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan uning ishtirokchilari o‘rtasida boshqa xalqaro shartnomalar amal qilishi to‘xtatilishi lozimligini aniqlashi;

xalqaro shartnoma tuzilishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi va (yoki) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlashi zarur.

Xalqaro shartnoma loyihasi quyidagi talablarga mos kelishi kerak:

xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan prinsiplari va normalariga zid kelmasligi;