Özbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi örtasida ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi Şartnoma ratifikatsiya qilindi. Şu haqdagi qonun prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Özbekiston va Tojikiston örtasida ittifoqçilik munosabatlari örnatilişi haqida Şavkat Mirziyovning 2024 yil aprel oyida Duşanbega rasmiy taşrifi çoğida e’lon qilingan edi.

Özbekiston rahbari Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uçraşuvda ittifoqçilik munosabatlari töğrisidagi tarixiy şartnomaning imzolanişi Özbekiston-Tojikiston munosabatlarida sifat jihatidan yangi bosqiçga ötiş ekanini ta’kidladi.