Prezidentning «Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qiliş va yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi hamda uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar boşqarmalari va tuman (şahar) bölimlari taşkil etildi.
Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yönalişlari belgilandi.
Agentlik, jumladan, yoşlar bilan boğliq soha va yönalişlarda yagona davlat siyosati, strategik yönalişlar va davlat dasturlarini işlab çiqadi hamda amalga oşiradi.
Şuningdek, agentlik yoşlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiradi.
Farmon bilan Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda, jumladan, Özbekiston yoşlari portalini taşkil etiş va unda yoşlar siyosatini baholaş milliy indekslari hamda yoşlarga oid qonun hujjatlari bazasini şakllantiriş belgilangan.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar agentlik tomonidan töğridan töğri yoki nodavlat notijorat taşkilotlariga ijtimoiy buyurtma şaklida ajratiladigan davlat grantlari va subsidiyalar taqsimlaş orqali moliyalaştiriladi.










