Koronavirusdan vafot etgan şifokor Alişer Uralovning xonadoniga Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov taşrif buyurib, marhumning oila a'zolaridan köngil söradi. Vazirlar Mahkamasi, SSV va OAV vakillari iştirokida prezident qarorida belgilangan tartibda marhumning oilasiga 250 million söm miqdoridagi kompensatsiya tölab berildi.

«Vazir otamning ölimiga sabab bölganlar javobgarlikka tortilişini aytdi»

Marhum şifokorning qizi Şahnoza Hasanova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda vazir Alişer Şodmonovga minnatdorçiligini bildirgan.

«Bugun ertalab Sergeli tumani tibbiyot bölimi boşliği qönğiroq qilib soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov ta'ziya bildiriş uçun xonadonimizga kelayotganini xabar berdi. Oradan heç qança vaqt ötmay vazirimiz uyimizga kirib keldilar.

U kişini ilgari yaqindan körmagandim, faqat OAV orqali körganman. Soğliqni saqlaş vaziri meni diqqat bilan eşitdilar, barça savollarimga javob berdilar, mavjud muammolarni hal qilişga, otamning vafotiga sababçi bölganlar, vazifasiga sovuqqonlik bilan yondaşgan şaxslar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişiga işontirdilar. Şu bilan birga, birlamçi ekspertiza xulosasini sud organlari darajasida örganilişini nazorat qilişga va'da berdilar. Bundan qalbim yorişdi.

Suhbat davomida vazirimizning nihoyatda samimiy inson ekanliklari, haqiqatni tan ola bilişlari, vazir sifatida sohani çuqur bilişlariga amin böldim. Har bitta savolim, e'tirozlarimga mulohaza bilan javob berdilar. Berilgan javoblardan qoniqiş hosil qildim», deydi Şahnoza Hasanova.

Marhumning turmuş örtoği Zilola Uralova ham adolat qaror topganidan minnatdor ekanini bildirdi.

«Uyimizga soğliqni saqlaş vazirining özlari kelib, köngil söraganlaridan, har qanday vaziyatda dardimizga şerik bölib, nimagadir ehtiyojimiz bölsa, hamişa kömakka tayyor ekanliklarini aytganlaridan könglimiz toğday kötarildi. E'tibor, ğamxörlik şunçalik böladi. Erkagi yöq xonadonimizni yöqlab, dardimizga hamdard ekanliklarini aytganlarida köz yoşlarimni tiyib turolmadim.

Bölgan işlarni taqdirdan deb bilamiz. Xöjayinimni Alloh rahmatiga olsin. Bunday paytda qölimizdan sabr va duo qilişdan boşqasi kelmaydi. Biroq u kişining yöqliklariga könika olmayapman. Şu kunlarda öğil farzandimiz bölmaganidan ökindim, ikki qizim ham otasini tobutini kötara olmaganidan köproq siqilib yiğlaşdi.