Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentda yana bir kişi koronavirus tufayli vafot etgani töğrisida xabar berdi.
«Poytaxtimizdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlaşmasi şifokori A.U. şu yilning 14 iyun kunidan Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat körsatiş maqsadida faoliyat körsata boşlagan.
Şu yilning 23 iyun kuni ahvoli oğirlaşib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasiga, söng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasiga ötkir miokard infarkti taşxisi bilan yotqizilgan.
26 iyunda esa yurak, nafas va öpka yetişmovçiligi kuzatilib, ahvoli oğirlaşganligi uçun reanimatsiya bölimiga olingan. Bemorning davolanişi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi şu sohaga ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir neça bor konsiliumlar ötkazilib, nazoratga olingan.
Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida ötkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi marhum şifokorning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Özbekistonda koronavirus bemorlari ölimi bilan boğliq holat oxirgi marta 20 iyun kuni kuni Surxondaryoda qayd etilgandi.
Şu vaqtgaça Toşkentda 11, Namanganda 4, Samarqandda va Surxondaryoda 2tadan, Farğonada bitta ölim röy bergandi.








