Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida noqonuniy dala hovlilarning buzilişi böyiça jurnalistlar uçun press-tur taşkil etildi. Unda viloyat prokurori Salom Samadov vaziyatni şarhlab ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida 20 mln gektar yer bölsa, şuning 20 foizi suğoriladigan yer hisoblanadi. Örmon xöjaligining yeri böladimi, qişloq xöjaligining yeri böladimi, faqatgina qurilişga ruxsat berilgan yerlarda quriliş qiliş mumkin.

Qonunçiligimizda agarda mana şunday özboşimçalik bilan egallangan yerlarga zarar yetkazsa, zarar pulini tölaş közda tutilgan. Mana şunday qonunbuzarlar hozirda ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ular – mahalla raisi, tuman hokimi örinbosarlari, tuman «Yermulkkadastr» rahbari va xodimlari, maklerlar. Jami 10 nafar odam tergov oldida javob beryapti

Köp yillardan beri Böstonliq tumanida noqonuniy quriliş qiliş oddiy holga aylangan. Qonunni buzsak ham davlat organi xodimlari bilan bilan kelişamiz, ular ham biron narsa kutadi, deyişadi. Natijada 2020 yil 11 may holatiga köra, 8ta jinoyat işi qözğatilgan, 594ta obekt noqonuniy deb topilgan va 24ta mana şunday noqonuniy tarzda qurilgan uylarning egalari sudga çaqirilganida kelişmagan.

Örganişlar natijasida kördikki, nafaqat Böstonliq tumanida, balki boşqa hududlarda ham fuqarolar noqonuniy tarzda egallamoqçi bölgan yerlariga avvaliga toş terib qöyişadi, keyin sekingina yoğoç taxlaydi, undan keyin ğişt terişadi va «taq» etib ustini yopişadi, şu bilan imorat tayyor.

Bunday noqonuniy qurilişlarning sababi nimada? Albatta, sönggi yillarda Özbekiston aholisining soni oşib bormoqda, lekin hokimiyat tomonidan qonuniy tarzda quriliş quriş uçun yerlar ajratilmagan, oçiq auksionga qöyilmagan. Qurilişga biz qarşi emasmiz, mayli qursin, lekin qonuniy tomondan qurilsin.

Hokimiyat tomonidan qonuniy yerlar körsatilmagani va bee'tibor qoldirilgani uçun şu holatga kelgan, korrupsiya bölgan.

Aynan Böstonliq tumanining şunday gözal manzaralari bölgani uçun biz Fransiya, Germaniya va Turkiya davlatlari bilan fikr almaşgan holda bu yerda katta turistik zona qilmoqçimiz.

Oddiy öqituvçi, şifokor xodimlar bu yerdagi qimmat daçalarga kela olmaydi. Biz şu tomonlarni öylagan holda 3-4 qavatli otellar qurişni rejalaştiryapmiz», – deydi Toşkent viloyati prokurori Salom Samadov.