«Yer tuziş va köçmas mulk kadastr» DK Andijon şahar filiali bölim boşliği K.B., fuqaro Z.D.ning turar-joy bino-inşootiga egalik huquqini beruvçi hujjatlarni rahbarlari orqali rasmiylaştirib berişi evaziga 800 dollarni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Holat yuzasidan K.B. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Tezkor tadbir Departamentning Andijon şahar bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Andijon tuman DSI bölim boşliği ustidan jinoiy iş oçildi
Andijon viloyat transport boşqarmasi bölim boşliği qölga olindi
Böstonliqda noqonuniy yer sotgan mansabdorning siri foş böldi
Böstonliq tumani Yer resurslari va davlat kadastri bölimi boşliği B.Yu. öz xizmat xonasida tumandagi Qoramazor MFY sobiq raisi X.M.dan muqaddam unga soxta ma'lumotlar tayyorlab bergani evaziga bergan 2 500 dollarini qaytarib olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.
Aniqlanişiça, B.Yu. mansab vakolatini suiiste'mol qilib, 2019 yilning yanvar oyida MFY sobiq raisi X.M.ga mahallada yaşovçi 4 nafar fuqaro nomiga xöjalik kitobidan soxta köçirma yozib bergani evaziga 2 500 dollar berib, uşbu ma'lumotlar asosida Qoramozor mahallasidagi zaxira yerdan 4 nafar fuqaro nomiga 32 sotix yer maydoni kadastr hujjatlarini rasmiylaştirib, 2019 yilning noyabr oyida uşbu yer maydonini Toşkent şahrida yaşovçi fuqaroga 14 000 dollarga oldi-sotdi şartnomasi asosida sotib yuborgan.
Holat yuzasidan B.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-modda 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








