«Ayni soatlarda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi shifokorlarining tinimsiz mehnati sabab bir yo‘la 45 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Qashqadaryo viloyatida jami 201ta holat qayd etilgan. Bugungi tuzalganlar bilan viloyatda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 119 nafarga yetdi. Shuningdek, bir bemor vafot etgan. Ayni vaqtda viloyatda 81 bemor davolanmoqda. 

  • Hozirda mamlakat bo‘ylab ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 5892 nafarni tashkil etmoqda.
  • Ayni vaqtda shifoxonalarda 3077 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.