Jahon | 15:49 / 05.07.2020
12999
2 daqiqa o‘qiladi

1990-yillarning eng ommabop filmlari aniqlandi

AQShning Frontier Communications telekommunikatsiya kompaniyasi 1990-yillarda ekranlarga chiqqan qaysi filmlar u yoki bu davlatlarda internetda eng ko‘p izlanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Foto: wallpapers

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 1992 yilda ekranlarga chiqqan “Forrest Gamp”ga (Forrest Gump) eng ko‘p qiziqish bildirilgan. Ushbu film 22 davlatda eng ko‘p qidirilgan. Rejissyor Robert Zemekis tomonidan suratga olingan filmda bosh rolni mashhur aktyor Tom Henks ijro etgan. Film o‘z yaratuvchilariga 6 ta “Oskar” olib kelgan. Jumladan, film “Eng yaxshi film” deb tan olingan

2-o‘rinni “Uyda yolg‘iz” (Home Alone, 1990) filmi egallagan. Ushbu film 20 davlatda eng ko‘p izlangan. 3-o‘rinni “Yura davri bog‘i” (Jurassic Park, 1993) egallagan.

Tadqiqotga ko‘ra, 12 ta davlatda “Ruh” filmi (Ghost, 1990), 11 ta davlatda “Titanik” (1999) filmi eng ko‘p qidirilgan. “Qora libosdagi odamlar” (Men in Black, 1997) filmi 8 ta davlatda, “Qirol Sher” (The Lion King, 1994) 7 ta davlatda ommaviylashgan. Uchta davlatda “Olovuddin” (Aladdin, 1992) multfilmi va bittadan davlatda “Terminator 2: Qiyomat kuni” (Terminator 2: Judgment Day, 1991) hamda “Armageddon” (Armageddon, 1998) filmi ommalashgan ekan.

Mavzuga oid