Venetic operatsiyasi haqida uçala mamlakat kuçişlatar tuzilmalari bir vaqtda e'lon qildi.

Buyuk Britaniyada 746 kişi, Niderlandiyada yuzdan ortiq gumondor hibsga olingan. Fransiyada esa qölga olinganlar soni oçiqlanmadi, ammo bu yerda gap noqonuniy faoliyat bilan şuğullangan yuzlab odamlar haqida borayotgani aytildi.

Gumondorlarning şaxsi va jinoyatlardagi rollari hozirça oşkor etilmayapti.

Şunisi ma'lumki, uçala mamlakatda qölga olinganlar orasida politsiyaçilar ham bor, ular jinoiy olam bilan hamkorlikda ayblanmoqda. Rasmiy axborotlarda ayblanuvçi politsiyaçilar orasida yuqori lavozimli amaldorlar yöqligi bildirilgan.

Eng batafsil ma'lumotni 3 iyul tongida Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça Buyuk Britaniya milliy agentligi taqdim etdi. Idora xabariga köra, birgalikdagi operatsiya 2016 yildan buyon davom etib kelgan va jarayonning borişini Yevropol muvofiqlaştirib borgan.

Tezkor tadbirlarda Birlaşgan Qirollikdan 500dan ortiq kişi iştirok etgan. Qölga olinganlardan 54 mln funt naqd pul, 2 tonnadan ortiq narkotik moddalar (şundan bir yarim tonnasi – kokain), 28 millionta etizolam tabletkasi (tinçlantiruvçi dori vositasi), 77ta qurol (şu jumladan, Kalaşnikov avtomatlari ham) va 55ta premium-klassdagi avtomobil olib qöyilgan.

Niderlandiyada esa gumondorlardan 20 mln yevro atrofidagi pul mablaği, 8 tonna kokain va 1,2 tonna metamfetamin musodara qilingan.

Fransiya rasmiylari Venetic operatsiyasi natijalari haqida keyinroq ma'lumot berişini bildirgan. Milliy jandarmeriyadagilar tezkor tadbirlar hali yakun topmaganini aytişmoqda.

Gumondorlar qotillik, qotillikka uriniş, narkotiklar savdosi, talon-torojlik va köça tajovuzi kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ta'kidlanişiça, jinoyatlar politsiyaçilarning EncroChat mobil ilovasini buzib kira olişgani evaziga foş etilgan. Dasturni Niderlandiyada qonuniy röyxatdan ötgan kompaniya işlab çiqqan bölib, söng uni har qanday taşqi ta'sirlardan himoyalangan messenjer sifatida pullagan.