Yaponiyaning janubi-ğarbida kuçli yomğirlar davomida 18 kişi halok böldi, 7 kişi bedarak yöqoldi, bir kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.
Ta'kidlanişiça, qurbonlarning köpçiligi Kumamura posyolkasidagi qariyalar uyida yaşagan bölib, qariyalar uyi daryoning toşişi oqibatida suv ostida qolgan. Voqea joyiga kelgan qutqaruvçilar 14 kişining jasadini çiqarib olişgan.
Kumamoto va Kagosima prefekturalaridagi 200 mingga yaqin odamga evakuatsiyalaniş tavsiya qilingan. Kuçli yomğirlar daryolarning toşişiga, köçkilar va katta hududlarning suv ostida qolişiga olib kelgan. Tabiiy ofat Kumamotoda 6 mingdan köproq uyni elektr ta'minotisiz qoldirgan.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe tabiiy ofat hududiga 10 mingga yaqin harbiy jönatgan. Ular mahalliy qutqaruvçilarga yordam körsatadi.













