2020 yilning birinçi yarim yilligida Rossiyada yangi avtomobillar savdosi 23,3 foizga qisqarib, ötgan davr mobaynida 635 959 yengil maşina sotilgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 14,6 foizga qisqarganini anglatadi. 2019 yilning mos davrida 122 622 ta yengil avtomobil köp sotilgan, deyiladi Yevropa biznesi uyuşmasining hisobotida.

Birinçi yarim yillik natijasiga köra, AvtoVAZ bozor yetakçisi bölib qolmoqda. Ötgan olti oyda kompaniya 132 595ta maşina sotgan, biroq bu körsatkiç ham ötgan yilning şu davriga nisbatan 24 foiz kam demakdir. Ikkinçi örinda Kia 81 219 ta avtomobil bilan (-27 foiz), uçinçi örinda 63 852ta maşina sotiş bilan Hyundai, (-27 foiz) turibdi. Kuçli beşlikni Renault (51 535ta, -20 foiz) hamda Toyota (41 646ta, -10 foiz) yakunlamoqda. .

Qimmat avtomobillar brendi orasida BMW yetakçilik qilmoqda. Germaniya kompaniyasi olti oyda 17 110ta avtomobil sotişga erişgan. Ikkinçi örinda Mercedes-Benz (16 246), uçinçida Lexus (8537) joylaşgan.