2020 yil 3 yanvarda eronlik general Qosim Sulaymoniyning AQŞ prezidenti Donald Tramp buyruği bilan öldirilişi qonunga xilof harakat hisoblanadi. Bu haqda BMTning suddan taşqari qatllar böyiça maxsus ma'ruzaçisi Agnes Kallamard aytib ötdi.

“AQŞ ayni vaqtda taqdim qilgan isbotlarga köra, general Sulaymoniyga berilgan zarba va unga hamrohlik qilgan kişilarning öldirilişi heç qanday asosga ega bölmagan qotillik bölgan. AQŞ bu uçun xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq javobgar hisoblanadi”, deb aytgan Kallamard.

“General Sulaymoniy AQŞning manfaatlariga qarşi, ayniqsa Iroqda, hujum rejalaştirganining heç qanday isboti keltirilmagan”, deb qöşimça qilgan BMT vakili.

Uning ta'kidlaşiça, Qosim Sulaymoniy Eronning Iroq va Suriyadagi harbiy strategiyasiga mas'ul hisoblangan bölsa-da, u tomondan AQŞ bilan boğliq şaxslarga tahdid solinmagani sababli AQŞning generalni yöq qiliş böyiça ötkazgan harbiy amaliyoti noqonuniy bölgan.

OAVda ta'kidlanişiça, Kallamardning dronlar yordamida sodir etilgan qotilliklarga bağişlangan ma'ruzasi 9 iyulda BMTning inson huquqlari böyiça kengaşi sessiyasida taqdim qilinadi. Ma'lum qilinişiça, uşbu ma'ruzaning yarmi Sulaymoniyning öldirilişiga bağişlanadi. Biroq ta'kidlab ötiş joiz, AQŞ uşbu kengaşdan 2018 yildayoq çiqib ketgan.

General Sulaymoniy va Iroqning şia qöşinlari qömondoni Abu Mahdi al-Muhandis AQŞning amaliyoti natijasida yöq qilingandi. Uşbu amaliyot Tramp buyruği bilan amalga oşirilgan. AQŞ prezidenti Sulaymoniyni köp yillar avval yöq qiliş kerak bölgan jahon miqyosidagi terrorçi deb atagan.

Iyun oxirida Eron sud hokimiyati Sulaymoniyning öldirilişi uçun Tramp va yana 30 dan köproq kişining hibsga olinişiga order bergan hamda Interpoldan ularni qidiruvga berişni söragan. Biroq Interpol Eron talabini bajara olmasligini ma'lum qilgan.