Aksiyadorlik jamiyati Prezidentning PF-6010-sonli farmoniga köra, «Öztransgaz» AJdan «Hududgazta'minot» AJga tabiiy gaz uçun tölovlar tizimini topşiriş-qabul qiliş işlari bölib ötayotgani, şu sababli iste'molçilar tomonidan onlayn tölovlarni amalga oşirişda uzilişlar kuzatilayotganini ma'lum qilgan.

«Ayni vaqtda Jamiyat tomonidan yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etiş uçun tezkor çoralar körilib, tölov kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan, 2020 yil 8 iyuldan boşlab, «Paynet» tölov tizimi orqali tölovlar amalga oşirilişi mumkin böladi. Qolgan tölov tizimlari orqali tölovlarni amalga oşirişni yölga qöyiş böyiça çoralar körilmoqda. Ma'lumotlar qöşimça taqdim etiladi.

Öz navbatida «Hududgazta’minot» AJ tölovlar bilan boğliq uzilişlar sababli, yetkazilayotgan noqulayliklar uçun aholimiz va gaz iste'molçilaridan uzr söraydi», deyiladi «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.