Yaponiyaning janubi-ğarbida joylaşgan Kyusyu orolida uç kun davom etgan kuçli yomğirlardan keyin 57 kişi halok böldi, 16 kişi bedarak yöqoldi.
Rasman halok bölganlar röyxatiga 57 kişi kiritilgan, yana 2 kişi yurak va öpka faoliyati töxtagan holatda deb qayd qilingan, çunki Yaponiyada ölimni faqatgina maxsus tibbiy xodim belgilangan tartibot böyiça qayd qila oladi. Barça halok bölganlar kuçli yomğirlar oqibatida yuz bergan toşqinlar va köçkilar qurbonlari bölgan.
Ayni vaqtda yomon ob-havo fronti Yaponiyaning boş oroli – Xonsyuning markaziy qismidagi Nagano va Gifu prefekturalariga köçgan. U yerda toşqinlar va toğ köçkilari yuz berişi xavfi sababli 54 mingdan köproq odamga evakuatsiyalaniş tavsiya qilingan.
Falokat hududiga mahalliy qutqaruvçilarga yordamga 20 mingga yaqin harbiy yuborilgan.













