Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, senator Robaxon Mahmudova Oliy sud raisining birinçi örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimini egallaydi.

Uning nomzodi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi majlisida senatorlar tomonidan saylanişi kutilmoqda.

Robaxon Mahmudova 1958 yilda Farğonada tuğilgan, muqaddam Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi raisi vazifasida işlagan, 2020 yil yanvarigaça Özbekiston Respublikasi prezidentining Farğona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat körsatgan.

U şu yilning yanvarida Farğona viloyatidan senator etib saylangan, keyinroq Özbekiston Respublikasi Senatining Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi lavozomiga saylangandi.

Prezident şu yilning martida uni «Fidokorona mehnatlari uçun» ordeni bilan taqdirlagandi.