12 iyul kuni internetda Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida JIB tuman sudi raisi hamda tuman ma'muriy sudining raisiga Jarqörğon şahriga kiraverişdagi blokpostda şaxsan tuman hokimi va tuman IIB boşliği harakatlanişga monelik qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Voqea joyida bevosita işçi guruhiga rahbarlik qilgan Jarqörğon tumani hokimi Z.Davlatov, tuman IIB boşliği B.Xidirov va uning örinbosari Ş.Azizberdiyev hamda boşqa aloqador xodimlarga nisbatan sud xodimiga qasddan yengil tan jarohati yetkaziş, sudya va sud xodimlarini obrösizlantiriş, sudyaning xizmat avtomaşinasi daxlsizligini buziş va boşqa holatlarga qonuniy baho beriş uçun töplangan hujjatlar Surxondaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgani ma'lum qilingan edi.
Jarqörğon tumani hokimligi axborot xizmati JIB tuman sudi raisining xizmat maşinasi harakati bilan boğliq holatga rasmiy munosabat bildirdi.
«2020 yil 10 iyul kuni Jarqörğon tuman Ma'muriy sudi raisining «Neksiya-3» rusumdagi 307 VAA davlat raqamli xizmat maşinasi «Yangiobod» mahallasi, Maxtumquli köçasi, M-41 xalqaro «Termiz-Duşanbe» yöliga qöyilgan blokpostga uşbu yölning Jarqörğon markazidan çiqiş yönalişi böyiça qarama-qarşi yönalişda, yöl qoidasini buzgan holda, navbatsiz ötib ketiş uçun avtomaşinani boşqarib kelgan (Tuman hokimligi holat aks etgan videoni taqdim etgan).
Natijada, tuman markazidan çiquvçi va xalqaro yuk taşuvçi avtotransportlar yölini tösib qöygan. Blokpostda turgan mas'ul içki işlar, milliy gvardiya xodimlari tuman Ma'muriy sudi raisi xizmat avtomaşinasining haydovçisiga tuşuntiriş bergan, ya'ni qarama-qarşi yönaliş böyiça tirbandlik yuzaga kelganligini ta'kidlab, yölni böşatişini talab qilgan. Ammo, uşbu xizmat maşinasi haydovçisi va avtomaşina içida bölgan sud raisi bu talabga böysunmagan.
Şu vaqtda tuman hokimi Z.Davlatov, tuman IIB boşliği hamda tuman prokurori bilan birga uşbu hududga karantin holatini örganiş böyiça blokpostga kelişgan. Blokpostdagi mas'ul xizmatçilar tuman Ma'muriy sudi raisining xizmat avtomaşinasi bilan boğliq holat böyiça tuman hokimiga murojaat qilişgan. Şundan keyin tuman hokimi va IIB boşliği borib tuşuntiriş bergandan söng, Ma'muriy sud raisi xatosini tuşunib, orqaga ketdi.













