Birinçi ölim. 

Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida yaşovçi, 56 yoşli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgaça tana harorati kötarilib, holsizlik kuzatilgan. 

11 iyul kuni esa tana harorati tuşmay, holsizlik va yötal kuçayganligi hamda nafas yetişmovçiligi belgilari paydo bölganligi sababli Covid-19 infeksiyasiga namuna topşirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor oğir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi taşxisi qöyilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya oğir keçişi, nafas yetişmovçiligi asoratlari bilan keçgan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib,  yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etdi.

Ikkinçi ölim

Toşkent şahri Şayxontohur tumanida yaşovçi, 61 yoşli F.A. (erkak) 10 kun davomida tana haroratining kötarilişi, boş oğriği, holsizlik, yötal, hansiraş belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagandan söng Covid-19 infeksiyasiga namuna topşirgan va kasallik tasdiqlangan.

Joriy yil 13 iyul kuni bemor öta oğir ahvolda Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bölimiga yotqizilgan.

Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi taşxisi qöyilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetişmovçiligi asoratlari bilan keçgan.

Şuningdek, u qandli diabet, yurak işemik kasalliggi, zöriqiş stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi.