Toşkent viloyatining ma'muriy markazi Nurafşon şahrida har xil turdagi manzarali daraxtlar kesilganligi aniqlandi, deb xabar berdi Davlat ekologiya qömitasi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qiliş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi farmoniga binoan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgaça moratoriy joriy etilgan edi. Şunga qaramay, joylarda daraxtlarning noqonuniy kesiliş holatlari sodir bölmoqda.
Şu yilning 6 iyul kuni Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor reyd davomida Toşkent viloyati Nurafşon şahri «Qorasuv» mahallasi, Toşkent yöli köçasi, 4R-2 avtomobil yölining Töytepa tekstil fabrikasigaça bölgan qismida jami 37 tup har xil turdagi manzarali daraxtlar kesib taşlangani aniqlangan.
Natijada, «Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 37 va 45-moddalari talablari buzilgan, ösimlik dunyosiga 1,1 milliard söm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan qonuniy çora köriş hamda yetkazilgan zararni undiriş maqsadida töplangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi, deyiladi Davlat ekologiya qömitasi xabarida.









