Birinçi ölim. Toşkentda 66 yoşli bemor ötkir nafas, surunkali buyrak hamda öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etdi.

Çilonzor tumanida yaşovçi 66 yoşli I.I.da (erkak) joriy yilning 5 iyulida hansiraş, yötal paydo bölgan va uy şaroitida davolanişni boşlagan. 

Ammo ahvoli oğirlaşavergaç, 8 iyul kuni tez tibbiy yordam maşinasida Zangiota tuman köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib kelingan. Nafas yetişmovçiligi belgilari kuçaygani sababli reanimatsiya bölimiga  yotkizilgan. Unga Covid-19 infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Kasallik ötkir nafas hamda surunkali buyrak yetişmovçiligi bilan keçgan.

Şuningdek, yurak işemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, boş miya qon tomirlari aterosklerozi kabi hamroh kasalliklari bilan ham oğrigan.

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas, surunkali buyrak hamda öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan.

Ikkinçi ölim. Toşkent viloyatida koronavirusga çalingan 37 yoşli bemor ötkir nafas va öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan.

Pskent tumanida yaşovçi, 37 yoşli M.M.da (erkak) joriy yil 3 iyulda hansiraş, yötal paydo bölgan va uy şaroitida davolanişni boşlagan. 

Ammo ahvoli oğirlaşavergaç, şu yilning 9 iyulda tez tibbiy yordam maşinasida Zangiota köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasining reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. 

12 iyul kuni esa bemorda öpka arteriyasi tromboemboliyasi belgilari boşlangan va sun'iy nafas oliş  apparatiga ulangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Kasallik öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir nafas yetişmovçiligi bilan keçgan. 

Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, öpka arteriyasi tromboemboliyasi, ötkir nafas va öpka-yurak yetişmovçiligidan vafot etgan.