Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi direktori Habibulla Oqilov 15 iyul kungi prezident videoselektoridan keyin bergan intervyusida yiğilişda davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarga töxtalib ötdi.
«Xalqimizning noroziligiga sabab bölayotgan muammolarning birinçisi – «103». «Qönğiroqqa javob berişmaydi», «Uzoq kutib qolyapmiz», «Kasal bölsak, olib borgani joy yöq» kabi e'tirozlar tez-tez uçrab turibdi. Mana şu masala böyiça topşiriqlar böldi: koll-markazdagi mutaxassislar, liniyalar sonini köpaytiriladi.
Ikkinçi muammo – tez yordam maşinalari muammosi edi. Maşinalar olingan, lekin mana bu vaziyatda ular ham yetmayapti. Şuning uçun bugunning özida tez yordam uçun 50ta maşina Toşkentga, yana 32ta maşina ambulator tizim xizmatiga beriladi.
PZR apparatlari va tahlillar soni yetişmasligi. Respublika miqyosida har kuni 22 mingdan 24 minggaça analiz ötkazilyapti. Lekin bu kam. Analizlar javob beş kungaça çiqmagandan keyin, tahlil topşirgan fuqaro özi bemor yo bemor emasligini ham bilmaydi, lekin xalq içida yuribdi.
Mana bugun, hozirning özida masalasi hal bölyapti. Topşiriqlar aniq qöyildi – PZR apparatlari soni köpaytiriladi, ularni işlatiş uçun şaroit yaratiladi, mutaxassislar tayyorlanadi. Hamma muammolarni hal etiş böyiça aniq-aniq topşiriqlar olindi.
Yana bitta eng katta muammo: Toşkent şahri va Toşkent viloyatida tayyorlangan zaxira koyka örinlar yetmayapti. Hozir boşqa profildagi klinikalarning profilini özgartirib, u yerlarga ham bemorlarni yotqizişga majbur bölyapmiz. Yana kerakli miqdorda koyka örinlar tayyorlaş böyiça aniq topşiriqlar berildi», – dedi Habibulla Oqilov.
Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyevning sözlariga köra, yiğilişda epidemik suriştiruvlarni olib borişni tanqidiy körib çiqiş masalasi ham kötarilgan.
«Har bitta holat böyiça epidemik suriştiruvlarni oxiriga yetkaziş va zanjirni töliq aniqlaş vazifasi qöyildi», – dedi Yusupaliyev.
Boş sanitar vraçning sözlariga köra, kerak bölsa har bitta tumanda laboratoriyalar taşkil etiş, buning uçun PZR apparatlari xarid qiliş va ayniqsa kasallik öçoqlarida dezinfeksiya tadbirlarini kuçaytiriş böyiça vazifalar ham belgilab berilgan.













