14 iyul kuni keçki payt Belarus aholisi Markaziy sayov komissiyasi tomonidan Viktor Babariko va Valeriy Tsepkaloning prezidentlikka nomzod sifatida röyxatga olinmaganidan norozi bölib köçalarga çiqişdi. Bu ikki nomzod 9 avgustda bölib ötişi rejalaştirilgan prezidentlik saylovlarida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukaşenkoga jiddiy raqobatçi bölişi kutilgandi.

Norozilik namoyişlari Minsk, Brest, Gomel, Grodno, Mogilev, Molodeçno va Belarusning yana bir qator boşqa şaharlarida bölib ötgan. Namoyişlarning har birida bir neça ön nafardan bir neça yuz nafargaça odam qatnaşgan. Eng katta namoyiş Minskda bölib ötgan.

Belarus poytaxtida namoyişga çiqqan odamlarning sonini aniqlaşning imkoni bölmagan. Tut.by sayti tarqatgan xabarga köra, bu namoyişda odamlar kiçik-kiçik guruhlarga töplangan va politsiya tomonidan namoyişçilarni hibsga oliş boşlanganida odamlar tez tarqab ketgan.

Minskda norozilik namoyişlari keçki payt boşlangan. Odamlar uşbu namoyişlarda qatnaşiş uçun şaharning turli çekkalaridan yiğilib kelgan. Ularning bir qismi velosipedlarda bölgan. Namoyişçilar Mustaqillik xiyoboni böylab harakatlangan. Yölda harakatlanayotgan haydovçilarning aksariyat qismi namoyişçilar bilan birdam ekanligini izhor qilgan.

Qisqa vaqt içida namoyiş bölib ötayotgan joyga politsiya bölinmalari yetib kelgan va namoyişçilarni hibsga ola boşlagan. Politsiyaçilar va fuqarolik kiyimidagi odamlar namoyişçilarga qöşib jurnalistlarni ham hibsga olişga kirişgan. Namoyişçilar bunga javoban «Uyat, uyat» deb baqirişgan.

Namoyişçilarni hibsga oliş çoğida politsiya xodimlari ayovsiz tarzda harakatlangan. Namoyişçilarning qöllarini qayirib azob berişgan, kaltaklaşgan, tepkilaşgan. Qoçişga uringanlarni ham ayaşmagan. Hibsga olingan namoyişçilarni olib ketiş uçun maxsus maşinaga tiqişgan.

Minskdagi namoyişçilarning aksariyatini Ğalaba maydonida, sirk oldida va Nemiga markaziy köçasida hibsga olişgan. Keçki soat 9da Minskda namoyişçilar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar boşlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolardan birida namoyişçilar olomoni politsiyaçilarga qarşi qanday taşlangani aks etgan. Bu hamla tufayli militsiya hibsga olgan namoyişçi qoçib ketadi. Guvohlarning sözlariga köra, namoyişçilar turli xil «Militsiya xalq bilan!», «Uyat!» kabi şiorlarni kötarib olgan bölgan.