«Kuçaytirilgan karantin çoralari davom etayotgan hozirgi paytda bizni haq tölanmaydigan mehnat ta'tiliga çiqiş böyiça ariza yozişimizni söraşmoqda. Vaholanki, yaqinda mehnat ta'tilidan çiqdik».
«Davlat budjetiga yuklama tuşayotgani sababli noma'lum muddatgaça öz maoşimizning yarmidan ixtiyoriy tarzda voz keçişimizni söraşyapti».
Kun.uz’ga umumta'lim maktablari xodimlari tomonidan yuqoridagi mazmunda murojaatlar kelib tuşmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamovaning izoh berişiça, xodimning asosiy yillik mehnat ta'tili tugagaç, unga belgilangan tartibda maoş tölanişi kerak.
«Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining 2020 yil 4 maydagi qöşma xatiga asosan, karantin munosabati bilan taşkilotning iş faoliyati töliq yoki qisman töxtatilişi sababli, şuningdek, xodimning lavozim majburiyatlarining xususiyatlariga yoki boşqa sabablarga köra öz vazifasini masofaviy iş rejimida, moslaşuvçan iş grafigida yoki uyda işlarga ötkaziş imkoni bölmagan hollarda unga asosiy lavozim maoşidan kam bölmagan miqdorda iş haqi tölanişini ta'minlaş belgilangan.
Şunga köra, karantin davrida xodimlarning asosiy yillik mehnat ta'tili davri tugagandan söng ularga qöşma xatda körsatilgan tartibda iş haqi tölovlari amalga oşiriladi», deya ma'lum qildi vazirlik rasmiysi.
Yuqoridagi qöşma xatda, karantinga oid çoralar amal qiliş davrida budjet taşkilotlari xodimlarini – hatto masofaviy iş rejimida, moslaşuvçan iş grafigida yoki uyda işlaşga ötkaziş imkoniyati bölmagan hollarda ham – iş haqi saqlanmagan holda mehnat ta'tiliga yubormaslik hamda uşbu masala böyiça avval qabul qilingan buyruqlarni qayta körib çiqiş tavsiya etiladi.













