Koronavirus tarqalişi avj olgani sari nafaqat bemorlar, balki şifokorlarning ham öz soğliğidan xavotiri ortyapti. Bu holat ayniqsa, COVID-19 ga çalingan bemorlar bilan işlaydigan tibbiyot xodimlarida köp kuzatila boşladi.

Xususan, Samarqand şahridagi 4-poliklinika xodimlari (ismlari sir tutiladi) tahririyat boş ofisiga boğlanib, jarayon haqida sözlab berdi:

— Bundan bir neça kun oldin bizning bölimdagi ayrim şifokorlarda koronavirus aniqlandi. Ular orasida bölim boşliqlari ham, hamşiralar ham bor edi. Hozir ular işga çiqişmayapti. Meni xavotirlantirayotgani — öşa paytda biz ham ular bilan muloqotda bölgandik. Işga borganmiz, körişganmiz, bitta xonada ötirganmiz. Ammo bizdan test olinmadi. Xonalar dezinfeksiya qilingani ham yöq. Qaytaga fuqarolar içiga boryapmiz, yaqinda taşkil qilingan mobil guruhlar bilan işlayapmiz. Agar özimizda kasallik bölsa, aholiga ham yuqtirişimiz mumkin albatta.

Bizning bölim xodimlaridan Covid-19 kasaliga çalinganlar uyda davolanişmoqda. Aytişlariça, 3-4 kundan beri ularda nafas qisişi, ta'm sezmasligi alomatlari bor. Ayançlisi, ular ahvoli oğirlaşib, yotib qolmagunça işlaşgan.

Axir, biz ham odammiz-ku?! Biz ham kasal bölişimiz mumkin. Töğri, maksimal darajada ehtiyot çoralarini köryapmiz. Ammo baribir xavotir bor. Bizdan ham heç bölmasa haftada bir marta test olinsa yaxşi bölardi. Bemorlar bilan muloqot qilganimizdan keyin virus tarqaliş xavfi ortadi. Bu hammamiz uçun muhim deb öylayman. Öşa kasallangan hamkasblarim ham salomatliklariga muntazam e'tibor berilmagani uçun şu holga tuşdilar. Şifokor kasal bölsa, boşqalar qanday soğ qoladi?!

Bizning mobil guruhga aholi tez tibbiy yordam xizmatiga yoki poliklinikaga telefon qiliş orqali röyxatga yoziladi. Keyin biz fuqaroning uyiga borib uning soğligini tekşiramiz. Agar koronavirus aniqlansa, bemor tibbiy nazoratga olinadi.

Niqoblar ham, himoya kiyimimiz ham bor. Ammo koronavirus yuqtirgan bir bemorni tekşirib, keyingilari (soğlomlari)ning uyiga borganda, ularga virus yuqiş ehtimoli yuqori. Şu bois avvalo, şifokorlar muntazam tibbiy tekşiruvdan ötkazilişi kerak. Özimiz aholi örtasida virus taşuvçi bölib qolmaylik, – deyiladi şifokorlar murojaatida.

Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligining 2020 yil 2 iyuldagi huquqiy hujjati asosida 5 iyuldan e'tiboran, COVID-19 alomatsiz şakli bilan kasallangan bemorlar tuman va şaharlarda taşkil etilgan «mobil guruh» tomonidan saralanadi. Uyda davolaniş uçun yetarli şaroiti bor fuqarolar 10 kun davomida tibbiy-sanitariya muassasalari nazoratida davolanadi. Agar yaşaş şaroiti sanitariya-epidemiologik talablarga javob bermasa, bemor mazkur infeksiyani davolaşga ixtisoslaştirilgan muassasalarga joylaştiriladi.