Özbekistonlik taniqli kinoijodkor Sarvar Karimov kasalxonaga yotqizilganini aytdi. Bu haqda rejissyor tvitterdagi sahifasida yozgan. Uning aytişiça, hozirda «Nuroniy» sanatoriyasida davolanmoqda.

«Meni, akamni va singlim Yunusoboddagi «Nuroniy» sanatoriyasiga joylaşdik. 8ta qavatga bitta infeksionist va ikkita terapevt bor ekan. Beçoralarning ahvoli biznikidan badtar. Boşqa vraçlar yöq, ukollar yöq, apparatlar yöq. Sabr qilişdan boşqa ilojimiz ham yöq.

Menga hamdardlik bildirgan va sabr tilagan barçaga rahmat. Hozir «Nuroniy» sanatoriyasida davolanyapmiz. Vraçlar juda kam, butun şifoxonaga atigi 3-4 kişi. Qöldan kelgança yordam berişyapti, ammo ularga ham qiyin. Çarçab adoyi tamom bölgan hammasi. Şifokorlarni asrang, kattakonlar.

Va'da qilingan millionlar berildimi, opa, desam indamay pastga qarab qöyişdi... Köpçilik vraçlar işga çiqmay qöyişgan, işlayotganlarga faqat sabr tilaş mumkin. Öz hayotini havf ostiga qöyib, yana hamma bemorlarning ta'nasini eşitib, tişni tişga qöyib işlaşyapti. Baraka topişsin.

Yaxşiyam dabdurustdan yer qimirlamadi, osmondan kometa tuşmadi. Yarim yildan buyon butun dunyo körib turipti nimalar bölayotganini. Bizni «tepa»dagilar körmi, karmi, bilmadim... Şunça payt tayyorgarlik köriş örniga nima qilişdi ekan, hayronman. Xudodan ularga insof söraylik, yaxşilar», deb yozgan Sarvar Karimov tvitterdagi sahifasida.