AQŞning sobiq vitse-prezidenti va prezident saylovlarida demokratik partiyadan eng ehtimolli nomzod Jo Bayden amaldagi davlat rahbari Donald Tramdan maşhurlik borasida 15 foiz oldinda bormoqda.

Bu hol Washington Post naşri hamda ABC News telekanali tomonidan ötkazilgan sörovlarda oydinlaşgan, deb yozadi RIA Novosti.

Sörov qatnaşçilariga agar saylov şu kunlarda bölib ötadigan bölsa kimga ovoz bergan bölar edingiz, degan savolga javob beriş söralgan. Röyxatdan ötgan saylovçilar örtasida Baydenning reytingi 55 foizni taşkil etgan, Trampniki esa 40 foiz.

Sörovnoma 12–15 iyul kunlari telefon orqali tasodifiy tanlaş yöli bilan 1006 nafar voyaga yetgan amerikaliklar örtasida ötkazilgan, ularning orasida 845 nafari röyxatdan ötgan saylovçilar bölgan. Sörovning statistik xatoligi — plyus-minus 3,5 foiz punktiga teng.