Boeing-737 MAX samolyotlari parvoziga 2021 yil boşigaça ruxsat berilmaydi, deb yozadi The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib. 

 Gazetaning qayd etişiça, AQŞ fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi (Federal Aviation Administration, FAA) samolyotning dasturiy ta'minoti va qurilmalaridagi özgarişlarni tasdiqlaşdan oldin manfaatdor tomonlarning fikrini söraşga qaror qilgan. Regulyator oktyabr oxiri – noyabr boşlarigaça Boeing-737 MAX parvoziga qöyilgan taqiqni bekor qila olmaydi, deb yozadi naşr.

 Uçuvçilarni tayyorlaş va laynerlarning texnik holatini tekşiriş işlari dekabr oxirigaça çözilişi kutilmoqda. Şundan keyingina laynerlar uçişiga ruxsat beriladi.

 Ikkita aviahalokatdan söng 2019 yil martda butun dunyo böyiça 737 MAX samolyotlari parvozi töxtatilgandi. 2018 yil oktyabrda Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga qaraşli samolyot qulaşi oqibatida 189 kişi qurbon bölgandi. 2019 yil martda Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 MAX samolyoti quladi va 157 kişi halok böldi. Halokatlarga samolyot dasturiy ta'minotidagi xatolar sabab bölgan.