Eron harbiylari tomonidan xato tufayli urib tuşirilgan Ukrainaning Boeing 737 samolyoti «qora qutilari» Parijga olib kelindi. Bu haqda «Tvitter»da Kanada taşqi işlar vaziri Fransua-Filipp Şampan xabar berdi.
Uning sözlariga köra, «qora qutilar»ni tahlildan ötkaziş uçun Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini tekşiriş va tahlil qiliş byurosiga yuboriş rejalaştirilgan.
Vazirning qöşimça qilişiça, Kanada Transport xavfsizligi böyiça kengaşi vakillari ham jarayonda iştirok etadi.
«Biz Parijga PS752 reysining «qora qutilari» olib kelinganligi töğrisidagi ma'lumotni tasdiqlatib oldik», - dedi Şampan.
«Ukraina xalqaro aviayöllari»ning Boeing 737 samolyoti 8 yanvar kuni, Tehron aeroportidan parvozga kötarilganidan bir neça daqiqa ötgaç halokatga uçradi. Hodisa natijasida 176 kişi vafot etdi. Keyinçalik Eron rasmiylari samolyot Eron havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan xato tufayli urib tuşirilganini tan olişdi.













