US News xabariga köra, 25 yoşli Robert Berger Lexus avtomobilini öğirlaganlikda va yuk avtomaşinasini tunab ketişda ayblanib, sud hukmini kutayotgan edi. Ammo jazodan qutulib qoliş uçun öz ölimini sahnalaştirişga urinib kördi.

Berger ştatni tark etdi va qalliği orqali advokatiga öz ölimi haqidagi sertifikatni yetkazdi. Himoyaçi esa uni sudga taqdim qildi.
Dastlab Bergerning ölimi haqidagi sertifikat şubha uyğotmadi va rasmiy hujjatdek körindi. Ammo prokurorlar sertifikatdagi «registration» sözini «regitsration» şaklida yozilganini sezib qolişdi. Hujjatning şrifti ham ularda şubha uyğotdi. Soğliqni saqlaş va statistika departamenti esa sertifikatning qalbaki ekanini tasdiqladi.
Berger Filadelfiya şahri yaqinida hibsga olindi. U huquq tartibot idoralariga qalbaki hujjat taqdim qilganlikda va katolik kollejida öğrilik sodir qilganlikda ayblandi. Agar barça ayblovlar tasdiqlansa, Berger 4 yilgaça qamalişi mumkin.







