Joriy yilning 21 iyul kuni Jahon savdo taşkiloti (JST) bilan işlaş böyiça Idoralararo komissiya va Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kirişi böyiça muzokaralar olib boriş guruhining videokonferensiya şaklida qöşma majlisi bölib ötdi. Majlisni komissiya raisi, Özbekiston boş vaziri örinbosari Sardor Umurzoqov olib bordi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi xabariga köra, majlisda JSTga a'zo mamlakatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borişi körib çiqildi.
Joriy yilning 7 iyul kuni 60dan ortiq JSTga a'zo mamlakat vakillari iştirok etgan Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölişi böyiça Işçi guruhining 4-yiğilişi muvaffaqiyatli ötkazilganligi qayd etildi.
Yiğiliş yakuni böyiça 23 davlat vakillari va JST boş direktorining örinbosari A.Vulf Özbekistonni taşkilotga kirişini qöllab-quvvatlaşga tayyorligi haqida bayonot bergan.
Ekspertlarning fikriça, taşkilot tarixida ilk bor 15 yillik tanaffusdan söng muzokaralar jarayonini qayta boşlagan Işçi guruhning birinçi yiğilişidayoq JSTga a'zo mamlakatlar tomonidan Özbekistonning taşkilotga kirişi böyiça Işçi guruh ma'ruzasining asosi hisoblangan faktologik xulosani tayyorlaş bosqiçiga birdaniga ötiş töğrisida qaror qabul qilindi.
Majlis davomida JSTga a'zo mamlakatlar bilan tovar va xizmatlarning bozorlarga çiqişi böyiça ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlikning borişi haqida ma'lumot berildi.
Tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga strategik hujjatlarni öz vaqtida şakllantiriş, vakolatli xodimlar va mutaxassislarni jalb etiş, JSTga a'zo mamlakatlarning savollariga javob beriş uçun zarur ma'lumotlarni töplaş maqsadida muzokaralarga sifatli tarzda har tomonlama tayyorgarlik köriş zarurligi haqida körsatma berildi. Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi tayyorgarlik jarayonini muvofiqlaştiradi va uning doimiy monitoringini olib boradi.
Majlis yakunida Özbekistonning JSTga kirişi yuzasidan muzokaralarning keyingi bosqiçiga ötiş böyiça çora-tadbirlar tasdiqlandi, aniq rejalar belgilab olindi va bu jarayonda ustuvor vazifalar qayd etildi.









