«Elektr energiyasiga bölgan talab sezilarli darajada oşayotgan sönggi kunlarda, ya'ni joriy yil 21 iyul kunidan boşlab energotizimda işlab çiqarilayotgan va iste'mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik kuzatilmoqda. Natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini oliş va uning barqaror işlaşini ta'minlaş (energotizim parametr körsatkiçlarini me'yor darajasida saqlaş) maqsadida respublika iste'molçilariga çeklovlar kiritilmoqda.

Respublika böyiça kiritilayotgan çeklov miqdori taxminan 1,5–2,0 mln.kVt•soat ni taşkil etmoqda. Bu kunlik örtaça iste'mol – 195,6 mln. kVt•soatning 0,8–1,0 foizini taşkil etadi», deyiladi «Özbekiston MET» AJ axborot xizmati xabarida.

«Özbekiston MET» AJ axborot xizmati rahbari Uluğbek Örunovning aytişiça, respublika böyiça vaqtinçalik elektr ta'minotidagi uzilişlariga qöşni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasi importi hajmining keskin qisqarişi ham sabab bölmoqda.

«Tojikistonda suv tanqisligi oqibatida joriy yil 16 iyul kuni soat 02:33da kuçlanişi 500 kV bölgan «Regar» va «Surxon» podstansiyalarini boğlovçi L-508 havo elektr uzatiş tarmoği orqali import amaliyoti töxtatilgan va import miqdori sutkalik örtaça 12,0 mln.kVt•soatdan 0,3 mln kVt•soatgaça kamaygan.

Şartnomaga asosan elektr energiyasi importi şartnomasi sentabr oyigaça bölganligi sababli issiqlik stansiyalariga iyul oyiga elektr energiyasi importini qoplaş uçun yoqilği közda tutilmagan va elektr stansiyalar uskunalari ta'mirga çiqarilgan.

Şunga qaramasdan, joriy rejimlarda elektr stansiyalarga şartnomada közda tutilgan miqdordan 10–12 foiz köp tabiiy gaz yetkazib berilmoqda, aniqroği issiqlik elektr stansiyalarida rejaga nisbatan 8 mln. kVt•soat va ötgan yilning mos davriga nisbatan 25–30 mln. kVt•soat köp elektr energiyasi işlab çiqarilmoqda.

Tojikiston energotizimidan import miqdorining keskin kamaytirilişi «Norak» suv omboriga suv kelişining prognoz körsatkiçlardan kamligi va suv sathining pastligi sababli Tojikistonning «Barki Toçik» kompaniyasi taşabbusi bilan amalga oşirildi», deya Uluğbek Örunovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilişiça, respublikamizda joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi sababli Özbekiston gidroelektrostansiyalarida şartnomaviy miqdorga nisbatan kunlik 6-7 mln. kVt•soat, ötgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt•soat kam elektr energiyasi işlab çiqarilmoqda. Bu ham, öz navbatida, elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirmoqda.