Videolavhada tadbirkorning palatada yotgani, ilik esa tomçilatib quyiş orqali transplantatsiya qilinayotganini köriş mumkin. 

Tinkov donorlik materiali ham xuddi şu tarzda olinişini ma'lum qildi va bunday amaliyot haqida köplab notöğri tuşunçalar borligi, şu tufayli odamlar undan qörqişini aytdi.

«Bu haqiqatdan ham oson — oddiy qon quyiş. Odamning boş suyagi kesilmaydi», — deb yozdi tadbirkor ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan videosi ostida.

Tinkov suyak iligi donorligi vazifasini nemis ayoli bajargani va Rossiyada bunday donorlar soni atigi 130 mingni taşkil qilişini, Germaniyada esa 8 millionga yaqinligini afsus bilan qayd qildi. Avvalroq, tadbirkor xotini bilan birga şunday katta muammo bilan şuğullanadigan jamğarma taşkil qilmoqçi ekani haqida bayonot bergan edi.

Eslatib ötamiz, 6 mart kuni Tinkov leykemiya bilan xastalanganini, bunday diagnoz 2019 yil oktabr oyida qöyilganini e'lon qildi. Öşa paytda tadbirkor London şahrida soliq da'volari böyiça AQŞga ekstraditsiya qilinişi böyiça sud hukmini kutayotgan edi.

Tinkovning bayonotidan oldin AQŞ Moliya vazirligi işbilarmonni 2013 yilda AQŞ fuqaroligidan voz keçiş jarayonida 1 milliard dollar miqdoridagi aktivlarini soliqlardan yaşirganlikda gumonlayotganini bildirgan edi. Bu ayblov böyiça unga 6 yilgaça bölgan qamoq jazosi xavf solmoqda.