«Bunda, asosiy faoliyat turi yil yakunida soliq hisobotlariga köra statistika organlari tomonidan özgartirib qöyilişi mumkin», - deydi u.
Zokirova AOKA qoşida taşkil etilgan ştab brifingida dori vositalari va tibbiy buyumlar işlab çiqariş hamda import qiliş sohasidagi yengilliklarga ham töxtalib ötdi.
«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qaroriga köra, ayrim tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar import qilinganda va işlab çiqarilgan davlat röyxatidan ötkazilmasdan va majburiy sertifikatsiya qilinmasdan, ayrim dori vositalari esa 5 kunlik muddatda sertifikatlaştiriş hisobiga davlat röyxatidan ötkazilmasdan realizatsiya qilinişi mumkinligi belgilandi. Albatta, odamlar soğligiga putur yetkazmaslik uçun qat'iy talablar mavjud. Hujjat matni bilan bu yerda tanişib çiqişingiz mumkin», - deydi u.











