Toşkent va Qarşi şaharlarida pandemiya davrida talab yuqori bölgan dorilarni noqonuniy sotayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi hamda IIBB hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda, fuqaro M.B. boşqa bir fuqaroga Hindistonda işlab çiqarilgan 20 dona «Remdesivir Jubi-R» dori vositasining har birini 900 ming sömdan, Ukrainada işlab çiqarilgan 20 quti «Tserebrokurin» dori vositasining har bir qutisini 410 dollardan hisoblab, jami 9 900 dollarga sotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, Departamentning Olmazor tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ş.A. xorijda işlab çiqarilgan 130 dona «Covifor» (Remdesivir Injectio) dori vositasining har bir donasini 650 ming sömdan hisoblab, jami 84,5 million sömga sotgan vaqtda qölga olingan.

Bundan taşqari, Departamentning Qarşi şahar bölimi xodimlari tomonidan fuqaro R.Ş. va F.A. oldindan til biriktirib, Hindistonda işlab çiqarilgan 21 dona «Remdesivir for injection» dori vositasining har bir donasini 850 ming sömdan hisoblab, jami 17,8 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.